Servis xizmati
va kafolat shartlari
AVANGARD mahsulotlari uchun kafolat va servis xizmati mahsulot turiga qarab 1 yildan 3 yilgacha taqdim etiladi.
Bepul servis qachon amal qiladi?
Kafolat doirasidagi bepul servis xizmati, asosan, ishlab chiqaruvchi yoki zavod tomonidan yuzaga kelgan nuqsonlar, ishlab chiqarishdagi brak hamda mahsulot mijozga yetib kelguniga qadar mavjud bo‘lgan texnik nosozliklarga nisbatan amal qiladi.
Kafolat xizmatidan foydalanish uchun mahsulotning kafolat taloni mavjud bo‘lishi, unda sotib olingan sana ko‘rsatilgan bo‘lishi va kafolat muddati tugamagan bo‘lishi shart.
Servis xizmatidan foydalanish tartibi
- 01
Mahsulot AVANGARD brendiga tegishli bo‘lishi kerak.
- 02
Mahsulotning kafolat taloni mavjud bo‘lishi va servisga murojaat kafolat muddati davomida amalga oshirilishi lozim.
-
03
Servis xizmatiga murojaat qilish uchun Call-markazga qo‘ng‘iroq qiling. Mutaxassislarga quyidagilarni taqdim eting:
- kafolat talonining rasmi;
- mahsulotning umumiy rasmi;
- mahsulot modeli ko‘rinib turgan rasm;
- aniqlangan nosozlik yoki buzilish holatini ko‘rsatuvchi foto yoki boshqa ma’lumot.
- 04
Servis mutaxassislari taqdim etilgan ma’lumotlar asosida murojaatni ko‘rib chiqadi va nosozlik sababini aniqlaydi.
- 05
Agar nosozlik ishlab chiqaruvchi aybi bilan yuzaga kelgan bo‘lsa va holat kafolat shartlariga mos kelsa, xizmat kafolat doirasida bepul amalga oshiriladi.
- 06
Agar mahsulot noto‘g‘ri foydalanish, mexanik shikastlanish, tashqi ta’sir yoki mijoz aybi sababli buzilgan bo‘lsa, ta’mirlash ishlari pullik servis xizmati doirasida amalga oshiriladi.
Odatda 3-5 ish kuni
Servis murojaati qabul qilinib, kerakli ma’lumotlar taqdim etilgandan so‘ng xizmat ko‘rsatish muddati odatda 3-5 ish kunini tashkil etadi. Ayrim holatlarda nosozlikning murakkabligiga qarab muddat uzayishi mumkin.
Yordam kerakmi?
AVANGARD - mahsulotingiz uchun kafolatli va ishonchli servis xizmati.